O‘zbekiston Respublikasida dorixonalar farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rahbariy va yo‘riqnoma hujjatlar to‘plami

06.01.2011 12934

FARMATSEVTIKA SOHASI MUTAXASSISLARI DIQQATIGA!

Maʼlumki, aholini yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan bezarar dori vositalari bilan taʼminlash masalalari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi ва bu faoliyatni to‘laqonli ва to‘g‘ri amalga oshirilishi, kasalliklarni oldini olish ва davolashda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Ўзбекистон Республикаси mustaqillikka erishgan kundan boshlaboq, Respublika rahbariyati ва hukumat tomonidan aholi dori taʼminotini meʼyordagidek amalga oshirilishiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda.

Inson salomatligiga bevosita taʼsir ko‘rsatuvchi dori vositalari muomalasini, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi mavjud huquqiy mezonlar asosida tashkil etish, buning uchun sohaga tegishli barcha hujjatlarni to‘plash, ularni mutaxassislarga yetkazish masalasi o‘ta dolzarb vazifa bo‘lib qoldi.

Shularni eʼtiborga olgan holda, Ўзбекистон Республикаси Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari ва tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi «O‘zbekiston Respublikasida dorixonalar farmatsevtika faoliyatini muvofiq­lashtiruvchi rahbariy ва yo‘riqnoma hujjatlar to‘plami» ni chop etdi.

Qo‘llanmaga farmatsevtika faoliyatiga taalluqli Ўзбекистон Respublikasining asosiy qonunlari, Ўзбекистон Республикаси Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkama­sining qarorlari, Sog‘liqni saqlash Vazirligi buyruqlari ва idoralararo qabul qilingan huquqiy ва meʼyoriy hujjatlar kiritilgan. Bu kitobda asosiy urg‘u farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, xususiy dorixona muassasalari mutaxassislariga qaratilgan bo‘lib, unda sohada uchraydigan savollarga javob topish mumkin.

Qo‘llanma amaliy farmatsevtika sohasidagi mutaxassislar, tadbirkorlar, o‘qituvchi ва talabalar hamda dorishunoslik bilan qiziqadigan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Ushbu «O‘zbekiston Respublikasida dorixonalar farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rahbariy ва yo‘riqnoma hujjatlar to‘plami» ga ega bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha savollar bo‘yicha quyidagi manzilga  murojaat qilishlarini so‘raymiz:

100002 Toshkent shahri Usmonxo‘jayev ko‘chasi, K.Umarov tor ko‘chasi 16 uy.

Tel: 244-48-23, faks: 244-48-25

Qo‘llanma bahosi 3130 so‘m NDS bilan.

Qo‘llanma bahosi 5304 so‘m NDS bilan.