Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi yetakchi mutaxassisining
MALAKA TALABLARI
1. Qo‘mita yetakchi mutaxassisi farmatsevtika, tibbiyot, kimyo va iqtisodiyot yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, farmatsevtika muassasalarida kamida 3-yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
2. Davlat tilini mukammal bilishi (xorijiy tillarni bilish, IELTS, TOEFL, IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi);
3. Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi, MS Office, Exsel, Adobe reader, Power Point dasturlari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishi, orgtexnika, zamonaviy aloqa vositalari va ulardan foydalanish qoidalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi;
4. Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, tashkilot strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish.
Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi faoliyatiga oid tanlov tadbirlarida beriladigan NAMUNAVIY savollar roʻyxati
1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish qanday hollarda amalga oshiriladi?
2. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan yig‘ma ehtiyojlar qaysi tashkilotga taqdim etiladi?
3. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojlar BMTning giyohvandlik moddalarini nazorat qilish Xalqaro Qo‘mitasiga qanday maqsadlarda yuboriladi ?
4. Xususiy shifoxonalarda foydalanilgan va to‘liq foydalanilmagan giyohvandlik vositalari qanday yo‘q qilinadi?
5. Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning miqdori va qoldig‘i bo‘yicha yig‘ma hisobotlar qaysi organga taqdim etiladi?
6. Qaysi vazirlik va idoralar ish faoliyatida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan lisenziyasiz foydalanadi?
7. Yuridik shaxslar tomonidan (ishlab chiqarilgan, tayyorlangan, olib kelingan (olib ketilgan), sotilgan, foydalanilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar miqdori va qoldig‘i to'g'risidagi hisobotlarni qancha muddat oralig‘ida topshirishlari kerak?
8. Aholining har 1000 kishisiga giyohvandlik vositalariga bo‘lgan cheklangan bir yillik umumiy ehtiyoj qaysi o'lchov birligida hisoblab chiqiladi ?
9. Uyida vafot etgan ambulator bemorlarning qarindoshlari tomonidan topshirilgan, foydalanilmagan ampulalarni yo'q qilish usuli qanday?
10. Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning miqdori va qoldig‘i bo‘yicha yig‘ma hisobotlar qaysi organga taqdim etiladi?