Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga 1 shtat birligi 1-toifali mutaxassisi

17.02.2025 162

Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi yetakchi mutaxassisining

MALAKA TALABLARI

1. Qo‘mita 1-toifali mutaxassisi lavozimiga farmatsevtik, tibbiyot, kimyo yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega, shuningdek amaldagi farmatsevtika sohasi qonunchiligi va mamlakatda olib borilayotgan islohotlardan xabardor hamda farmatsevtika sohasida  ish tajribasiga ega;

2. Davlat tilini mukammal bilishi (xorijiy tillarni bilish, IELTS, TOEFL, IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi)

3. Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi, MS Office, Exsel, Adobe reader, Power Point dasturlari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishi, orgtexnika, zamonaviy aloqa vositalari va ulardan foydalanish qoidalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi.

 

Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi faoliyatiga oid tanlov tadbirlarida beriladigan NAMUNAVIY savollar roʻyxati

 

1. O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog'liq faoliyat uchun lisenziya kimlarga beriladi?

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 yanvardagi 6-son Nizomida nazarda tutilgan ma'lumotlar taqdim etmaganligi va taqdim etish muddatlarini buzganligi, shuningdek noto‘g‘ri hisobot ma‘lumotlari berganligi uchun javobgar shaxs kim?

3. O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to'g'risida” gi Qonuni qachon qabul qilingan?

4. Ambulatoriya sharoitida davolanuvchi bemorlarga narkoz uchun qo'llaniladigan preparatlar uchun reseptlar yozilishi mumkinmi?

5.Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to'g'risida”gi Qonunida “Giyohvandlik vositalari”ga qanday ta‘rif berilgan ?

6.“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to'g'risida”gi Qonunida “Psixotrop moddalar”ga qanday ta‘rif berilgan ?

7.“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunida “Prekursorlar”ga qanday ta‘rif berilgan ?

8.O‘zbekiston Respublikasida tranzit yo‘lovchilar tomonidan Davlat nazoratida bo‘lgan giyoxvandlik vositalari va psixotrop moddalar olib o‘tilayotganida necha kunlik miqdorlarini olib o‘tishlari mumkin?

9. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inventarizasiyasi qaysi muddatlarda o‘tkaziladi?

10. Qaysi vazirlik va idoralar ish faoliyatida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan lisenziyasiz foydalanadi?

Заполнить анкету на эту вакансию