Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi 1 shtat birligi bosh mutaxassi

12.02.2025 221

Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi bosh mutaxassisining

MALAKA TALABLARI

 

1. Farmasevtik, sifat menejmenti, muhandislik yoki boshqa tegishli sohalarda oliy ma'lumot.

2. Umumiy mehnat staji kamida 3 yil ish tajribasi.

3. Muvofiqlikni baholash sohasida ish tajribasi, ISO 9001, ISO 17021, ISO 13485 standartlari haqida chuqur bilim va sifat menejmenti tizimlarini boshqarish tajribasiga ega afzallik hisoblanadi.

4. ISO 17021, ISO 13485 va ISO 9001 bo’yicha bosh auditor sertifikati mavjudligi ustunlik beradi.

 

Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi faoliyatiga oid tanlov tadbirlarida beriladigan NAMUNAVIY savollar roʻyxati

 

1. ISO 17021 bo’yicha audit turlarini sanab bering

2. Farmasevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirishda qanday asosiy xalqaro standartlardan foydalaniladi?

3. Farmasevtika mahsulotlarni xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

4. ISO 17025 standartining asosiy maqsadi nimadan iborat?

5. Farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun xalqaro bozorga chiqishda qanday hujjatlar talab etiladi?

6. ISO 17021 standarti nima uchun ishlatiladi?

7. ISO 17021 bo’yicha asosiy talablar nimalardan iborat?

8. Sertifikasiya organining xolisligi qanday ta’minlanadi?

9. GMP (Good Manufacturing Practice) talablari bo‘yicha dori vositalarini ishlab chiqarishning asosiy prinsiplarini sanab bering?

10. ISO 13485 qanday tashkilotlarga tegishli?

11. Sertifikasiya organlari uchun akkreditasiyani kim beradi?

12. ISO 17021 standartlari qaysi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan?

Заполнить анкету на эту вакансию