Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi yetakchi mutaxassisining
MALAKA TALABLARI
1. Oliy ma'lumot, afzalroq sifatni boshqarish, muhandislik, tibbiyot yoki shunga o‘xshash sohalarda.
2. Umumiy mehnat staji kamida 2 yil ish tajribasi.
3. Muvofiqlikni baholash sohasida ish tajribasi, ISO 17021, ISO 13485 va ISO 9001 bo‘yicha auditor sertifikati mavjudligi afzallik hisoblanadi.
4. Hujjatlar va sifat tizimi bilan ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar.
Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi faoliyatiga oid tanlov tadbirlarida beriladigan NAMUNAVIY savollar roʻyxati
1. Dori vositalarini sotish va tarqatishda GDP (Good Distribution Practice) standartlarining ahamiyati?
2. Farmasevtika mahsulotlarni import qilish uchun qanday talablar mavjud?
3. O'zbekiston Respublikasida dori vositalarini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
4. Sertifikatlashtirish jarayonida audit va inspeksiya o'rtasidagi farq?
5. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi
80-son qarori qanday masalalarni tartibga soladi?
6. “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?
7. Farmasevtika faoliyatini lisenziyalash qaysi hujjat bilan tartibga solinadi?
8. Farmasevtika mahsulotlarni eksport qilish uchun qanday talablar mavjud?
9. Farmasevtika mahsulotlarni import qilish uchun qanday talablar mavjud?
10. GDP talablari asosan nimalarga tegishli?