Farmakonazorat bo‘limi yetakchi mutaxassisining
MALAKA TALABLARI
1 Farmakonazorat bo‘limi yetakchi mutaxassisi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, 3 yildan kam bo‘lmagan umumiy ish staji, shundan farmatsevtika yo‘nalishida va yoki farmakonazorat faoliyati bo‘yicha 1 yildan kam bo‘lmagan stajga ega bo‘lishi zarur;
2. Farmakonazorat bo‘limi ish faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, Farmakonazorat bo‘yicha ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
3. Elektron axborot-texnika vositalarida davlat tilida (lotin alifbosida erkin) Farmakonazorat bo‘limi hujjatlarini tayyorlay bilish ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lish zarur.
4. Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish, IELTS, TOEFL, IBT va shu kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi);
5. Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, tashkilot strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish.
6. Ilmiy farmatsevtika amaliyoti va farmakonazot bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish.