Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimiga 1 shtat birligi hajmida 1-toifali mutaxassisi

19.11.2024 67

Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi 1-toifali mutaxassisining MALAKA TALABLARI

1. Birinchi toifali mutaxassisi lavozimiga asosan farmatsevtika, shuningdek kimyo va biologiya iqtisosliklari boʻyicha oliy maʼlumotiga ega (ilmiy daraja va ilmiy unvonning boʻlishi nomzodga ustunlik beradi) boʻlgan mutaxassislar tayinlanadi.

2. Birinchi toifali mutaxassisi boʻlim ish faoliyatida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻyicha tajribaga ega boʻlishi va bu faoliyat turi doirasida tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim.

3. Elektron axborot-texnika vositalarida davlat tilida (lotin alifbosida erkin) boʻlim hujjatlarini tayyorlay bilish koʻnikmasi va malakasiga ega boʻlishi zarur.

4. Davlat tilini mukammal bilishi lozim (rus va ingliz tillarini bilish, IELTS, TOEFL, IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi);

5. Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega boʻlishi, masʼuliyat hissi, tashkilot strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi lozim.

6. Birinchi toifali mutaxassisi quyidagilarni bilishi kerak:

- Oʻzbekiston Respublikasining sohaga tegishli qonunlari, Prezident Farmoni, Farmoyishlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Sogʻliqni saqlash vazirligining buyruqlari, “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi toʻgʻrisida nizomni;

- Boʻlimni rivojlantirish istiqbollari boʻyicha amalga oshiriladigan faoliyat yoʻnalishlari;

- dori vositalarini yaratish, standartlashtirish, metrologiya, sifat nazorati, ishlab chiqarish asoslari;

- elektron-axborot texnologiyalari;

- mehnat qonunchiligi asoslari;

- xalqaro tan olingan farmakopeyalarni chuqur tahlil qila olishi kerak.

Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi faoliyatiga oid tanlov tadbirlarida beriladigan savollarning namunaviy roʻyxati

Заполнить анкету на эту вакансию