Oʻzbekiston va Malayziya: Farmatsevtika sohasidagi oʻzaro hamkorlik yanada mustahkamlanadi

07.02.2025 422

Oʻzbekiston va Malayziya: Farmatsevtika sohasidagi oʻzaro hamkorlik yanada mustahkamlanadi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov Malayziya Milliy farmatsevtika tartibga solish agentligi direktori Azuana binti Ramli bilan uchrashdi. Unda tomonlar oʻz mamlakatlaridagi farmatsevtika sohasini tartibga solish tizimi, roʻyxatdan oʻtkazish, farminspeksiya, klinik sinovlar, faoliyatni litsenziyalash, farmakonazorat va postmarketing nazorati jarayonlari boʻyicha batafsil maʼlumot berdilar.

Maʼlumot oʻrnida, Malayziya Milliy farmatsevtika tartibga solish agentligi (NPRA) – Malayziya Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi tartibga soluvchi organ boʻlib, dori vositalari, tibbiy jihozlar va kosmetika mahsulotlarining xavfsizligini, sifatini taʼminlash va ularni roʻyxatdan oʻtkazish, postmarketing nazoratini amalga oshirish uchun masʼuldir.

Uchrvshuv yakunida tomonlar farmatsevtika mahsulotlarini tartibga solish sohasida oʻzaro tajriba va axborot almashish, yangi loyihalar va qoʻshma dasturlar boʻyicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.