Markaz mutaxassislari Yaponiyada xalqaro seminarda ishtirok etmoqda

22.01.2025 270

Markaz mutaxassislari Yaponiyada xalqaro seminarda ishtirok etmoqda

Yaponiyaning Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligining Farmatsevtika va tibbiy buyumlarni tartibga solish masalalari boʻyicha Osiyo oʻquv markazi tomonidan tashkil etilgan “Koʻp mintaqaviy klinik sinovlar/Zarur klinik amaliyot inspeksiyasi - 2025” seminari (MRCT/GCP Inspection Seminar 2025) da “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Farmakologiya qoʻmitasi mutaxassislari faol ishtirok etmoqda.

Seminar farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqish va klinik sinovlar jarayonlarining xalqaro standartlariga muvofiq inspeksiya qilish amaliyotlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Tadbir davomida ishtirokchilar koʻp mintaqaviy klinik sinovlar boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻrganish, zarur klinik amaliyot inspeksiyasi talablarini muhokama qilish va ularning qoʻllanilishi boʻyicha mahorat darslarida qatnashish imkoniga ega boʻladi.

Ushbu xalqaro seminar Yaponiyaning yetakchi mutaxassislari va xalqaro ekspertlari tomonidan olib borilmoqda. Mazkur tadbir mamlakatimiz farmatsevtika sohasi vakillarining bilim va koʻnikmalarini oshirish, global hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va xalqaro standartlarga muvofiq yangi tajribalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.