Bugun, poytaxtimizdagi "Wyndham Garden hotel" mehmonxonasida taniqli ekspert, farmakonazorat boʻyicha mutaxassis Yelena Matveeva ishtirokida GVP boʻyicha oʻquv seminar oʻz ishini boshladi.

05.12.2024 581

Bugun, poytaxtimizdagi "Wyndham Garden hotel" mehmonxonasida taniqli ekspert, farmakonazorat boʻyicha mutaxassis Yelena Matveeva ishtirokida GVP boʻyicha oʻquv seminar oʻz ishini boshladi.

Tadbirni Famatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov hamda Toshkent farmatsevtika institutining prorektori Nodirali Normaxamatov kirish soʻzi bilan ochib, mazkur oʻquv kursining ahamiyati haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.

Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi hamda Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan tashkil etilgan seminarda mahalliy va xorijiy kompaniyalarning farmakonazoratga masʼul boʻlgan 100 ga yaqin vakillari ishtirok etmoqda.

Oʻquv trening joriy yilning 13-dekabr sanasiga qadar davom etadi.