Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan qonun hujjatlari buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini shakllantirish tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestri yuritilayotganligini eslatib oʻtamiz.
Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari va xodimlar reestriga kiritilgan maʼlumotlar ular kiritilgan vaqtdan eʼtiboran uch yil muddat davomida saqlanadi.
Mazkur reestr bilan rasmiy veb-sahifamizda tanishishingiz mumkin.