26.08.2024
1597
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan:
102,2 foiz ko‘proq farmatsevtika mahsulotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;
259,7 foiz ko‘proq farmatsevtika mahsulotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarini amal qilish muddatlari uzaytirildi;
518,5 foiz ko‘proq farmatsevtika mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi;
134,1 foiz ko‘proq o‘lchash vositalari qiyoslandi va ularga tegishli guvohnomalar rasmiylashtirildi.