Qarorga ko‘ra, “Zangiota-2” shifoxonasi faoliyati tugatilib, uning o‘rnida davlat muassasasi shaklidagi 500 o‘rniga mo‘ljallangan Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi (Bolalar shifoxonasi) tashkil etiladi.
Bolalar shifoxonasining asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda zarur tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ hamda ixtisoslashtirilgan statsionar yordamini ko‘rsatish;
tuman tibbiyot birlashmalariga amaliy-metodik yordam berish;
Toshkent shahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boshqaruv usullarini joriy etishda ko‘maklashish;
tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish.
2024 yil 1 sentyabrgacha Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda taʼmirlash ishlarini o‘tkazish orqali uni bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.