22.05.2024
1472
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti global taqqoslash tizimi tavsiyalari asosida qayta ko‘rib chiqish bandi ijrosini taʼminlash va faoliyatini takomillashtirish maqsadida «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasining Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi xalqaro standartlar bilan tibbiy buyumlarni sifat va xavfsizlik ko‘rsatgichlarini sinash yuzasidan 20 ortiq standartlarni ish faoliyatiga joriy qildi.
Endilikda markaz laboratoriyasi respublikamizga import bo‘lib kelayotgan tibbiy buyumlar mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida sinovlarni o‘tkazish yuzasidan o‘z faoliyatini dolzarblashtirdi.