❗️Diqqat eslatma

22.02.2024 1399

Kelgusida etilenglikol va/yoki dietilenglikol bilan kontaminatsiyalangan dori vositalarining qabul qilinishi natijasida kuzatiladigan noxush holatlarni oldini olish maqsadida, Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi direktorining tegishli buyrug’i qabul qilingan.

Hozirda toza holda va dori vositalari tarkibidagi yordamchi modda sifatida qo‘llaniladigan propilenglikol, glitserin, sorbitol, polietilenglikol, makragol va boshqa glikollar tarkibida yot modda sifatida uchraydigan EG va DEGlarni aniqlash bo‘yicha ОФС 42 Уз-0015-5346-2023-son “Определение подлинности и количества этиленгликоля и диэтиленгликоля в лекарственных препаратах” umumiy farmakopeya maqolasi tasdiqlangan bo’lib, amaliyotga joriy etilgan.

Shu munosabat bilan, ariza beruvchilardan, dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish davrida, tarkibida 0,1 %dan ortiq miqdorda EG va DEG yot moddalari uchrashi mumkin boʻlgan taʼsir etuvchi moddalar va/yoki yordamchi moddalar sifatida qoʻllanilgan etoksillangan substansiyalar: 
▪️ glitserin, 
▪️ propilenglikol,
▪️ sorbitol, 
▪️ makragol, 
▪️ polietilenglikol va boshqa glikollar saqlovchi inyeksion, infuziyon, yumshoq, ichish uchun qoʻllaniladigan suyuq dori shakillari va suppozitoriyalar tarkibida ushbu yot moddalarni aniqlash boʻyicha usullar va me'yorlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, ularning normativ hujjatlariga ushbu yot moddalarni aniqlash boʻyicha usullar va meʼyorlarni kiritish talab etilishini va sinov jarayonlari olib borilishini ma’lum qilamiz.