16.01.2024
958
Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.F.” MCHJ rahbari K.A. MCHJ dorixonasida fuqaro E.X. ga 30 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz 210 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 1 320 dona “Karbamazepin” 80 dona “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.