Sinov markazi JSST tomonidan prekvalifikatsiyalanishi rejalashtirilmoqda

04.01.2024 890

“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalarida sinov o‘tkaziladigan tekshiruv usullari 70 tadan 105 taga yetkazish yo‘li bilan laboratoriyalarning akkreditatsiya sohasini kengaytiriladi.

Shunigdek, Sinov markazining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan prekvalifikatsiyalanishini taʼminlash maqsadida 2030-yilga qadar:

➖ Sinov laboratoriyalarining tegishli yo‘nalish bo‘yicha sifat menejmenti tizimini xalqaro akkreditatsiya talablari asosida baholashni o‘tkazuvchi tashkilotni tanlab olish;

➖ Sinov laboratoriyalarining tegishli yo‘nalish bo‘yicha sifat menejmenti tizimi xalqaro akkreditatsiya talablari asosida baholashni o‘tkazish;

➖ Baholash yakunlari bo‘yicha sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

➖ Sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash, shu jumladan, kadrlar salohiyatini oshirish, bino-inshootlarni taʼmirlash yoki qo‘shimcha qurish, zamonaviy laboratoriya asbob uskunalari bilan taʼminlash.

➖ Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Sinov markazining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan prekvalifikatsiyalanishini uchun ekspertlarni taklif etish

➖ Baholash natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bataraf etish.

➖ Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Sinov markazining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan prekvalifikatsiyalanishini taʼminlash ishlari amalga oshiriladi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati