Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan fuqaro murojaati asosida “KAMOL MED SERVIS” MCHJga tegishli Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 3-mavze, 61-uy, 4-xonadon manzilida joylashgan dorixonada tekshiruv oʻtkazilganda, 16 turdagi dori vositalari yurtimizda tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat roʻyxatidan oʻtmaganligi hamda ularga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan.
Yuqoridagi holatlar boʻyicha “KAMOL MED SERVIS” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati uchun 2019-yil 26-yanvar kuni berilgan 1331-sonli litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va “KAMOL MED SERVIS” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilindi.
Eslatib o’tamiz, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning 20-moddasiga muvofiq sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi