Tibbiy o’lchash vositalarini qiyoslash – havfsiz davolash va aniq tashxis qo’yish garovi

14.07.2022 4935

Yurtimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ayniqsa yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muhim usutuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Taʼkidlash joiz, salomatlikni tiklashda shifokorlar tomonidan tashxis qo‘yish va davoshlash jarayonlarida tibbiy o‘lchash vositalarining o‘rni beqiyos. Zero bu uskunalarning to‘g‘ri ishlayotganligi esa muhim ahamiyat kasb etadi.

Aynan mana shunday o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan barcha turdagi tibbiy texnikani davriy sinovlardan o‘tkazish va ularning metrologik nazorati bo‘yicha Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining Qiyoslash laboratoriyasi mutaxassislari bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Tibbiyot birlashmalaring murojatiga asosan Qiyoslash laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan 2021 yildan 2022 yilning shu kuniga qadar 310 ta davolash profilaktika muassasalari tomonidan kelib tushgan arizalarga asosan 3097 dona tibbiy o‘lchash vositalari qiyoslandi shulardan, 2886 donasiga yaroqliligi to‘g‘risida (Qiyoslash sertifikatlari) va 211 donasiga yaroqsizligi to‘g‘risida (Xabarnomalar) rasmiylashtirildi.

Shuningdek, yaroqsiz va sifatsizligi aniqlangan tibbiy o‘lchash vositalarini qayta taʼmirlash yoki hisobdan chiqarib qayta ishlatilmasligi to‘g‘risida Qiyoslash laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan davolash profilaktika muassasalari maʼsul xodimlariga ko‘rsatmalar berildi.

Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi “Tibbiyotda qo‘llanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 112-sonli qaroriga muvofiq, laboratoriyaga oid funksional tadqiqotlar sifatini yaxshilash, metrologik taʼminotni rivojlantirish, tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan tibbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish va uni sinovdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish asosida aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini va xavfsizligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, tuzilmasida tibbiy muassasalar bo‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlariga bir qator vazifalar yuklangan. 

Xususan, yuqorida qayd etilgan tashkilotlar o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnikaning metrologik nazorati o‘tkazilishini, tibbiy texnikaning davriy sinovlardan o‘tkazilishini, tibbiy texnikaning metrologik taʼminoti va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun masʼul xodimlar malakasini oshirishni taʼminlashi lozim.

Nodirbek Abdullayev
Davlat markazining Qiyoslash laboratoriyasi mudiri

Davlat markazi Axborot xizmati