Отдел внедрения специальной цифровой маркировки
-J; Vazirlar mahkamasining 2021-yil 02-apreldagi 149-sonli “Dori vositalari va
tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Tibbiy buyum” mahsulotlari bosqichma-bosqich
majburiy raqamli markirovkalashning 4-guruhiga kirgan bo‘lib ular 2025-yilning
1-fevralidan boshlab markirovkalanadi. ( https://lex.uz/docs/-5936145 ) Shuningdek ushbu
qarorda “Majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan hamda tajriba loyihalari
amalga oshiriladigan ayrim turdagi mahsulotlar ko‘rsatilgan bo‘lib “Tibbiy
buyum” mahsulotlariga tajriba loyihasi 2024-yilning 1-fevralidan boshlanishi
belgilangan.
TIF TN kodi 3005, 3006 bo‘lgan “Tibbiy buyum” mahsulotlari majburiy
raqamli markirovkalanadi. ( https://lex.uz/docs/-5936145 )
O‘zbekiston Respublikasi hududiga raqamli markirovkasiz olib kirilganda dori
vositalari va tibbiy buyumlarni Vazirlar Mahkamasining “Import qilinadigan
iste’mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada
rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-fevraldagi
22-son qarorining 2-bandida belgilangan tartibda, ya’ni bojxona omborida saqlash
vaqtida, ushbu mahsulotlarning birlamchi va ikkilamchi qadoqlariga davlat tilidagi
qistirmalarning tegishli birliklarini joylashtirish mobaynida raqamli
identifikatsiyalash vositalarini qo‘llashga ruxsat beriladi. ( https://lex.uz/docs/-5936145 )
Majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarning xorijiy ishlab
chiqaruvchilarini “Asl belgisi” MATdan ro‘yxatdan o‘tkazish va kelgusida ushbu
tizimdan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida ular elektron raqamli imzo
kaliti sertifikatlarini olish uchun davlat soliq xizmati organida soliq to‘lovchining
identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qo‘yiladi. Bunda xorijiy ishlab
chiqaruvchilar tomonidan hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza davlat soliq xizmati
organiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti
orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini
olish uchun davlat soliq xizmati organida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami
berilgan holda hisobga qo‘yish imkoniyati xorijiy ishlab chiqaruvchilarga taqdim
etiladi. ( https://lex.uz/docs/-5936145 )
Ishlab chiqaruvchining dori vositalariga belgilangan cheklangan sotish narxi
bazaviy hisoblash miqdorining bir foizidan yuqori bo‘lmaganda O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etiladigan dori vositalari
ro‘yxatiga muvofiq raqamli markirovka kodlari Operator tomonidan bepul taqdim
etiladi. ( https://lex.uz/docs/-5936145 )