Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organi yetakchi mutaxassisi lavozimi bo‘yicha ishga qabul qilish tanlovi e’lon qilinadi:

03.04.2024 2222

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasida mavjud vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida Tartib”ga asosan Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organi  yetakchi mutaxassisi lavozimi bo‘yicha ishga qabul qilish tanlovi e’lon qilinadi:

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak.

Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organi  yetakchi mutaxassis lavozimiga talablar:

Mazkur lavozimga oliy va o`rta mahsus ma’lumotga ega, 3 yildan kam bo`lmagan ish stajga shundan mutaxassislik faoliyati bo`yicha 1 yildan kam bo`lmagan stajga ega bo‘lgan shaxs Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organi  yetakchi mutaxassisi lavozimiga tayinlanadi.

Ushbu lavozim bo‘yicha nomzodlar ariza va unga ilova qilingan ma’lumotnomani web sayt yoki farmkomitet@ssv.uz pochtasiga yuborishlari mumkin. Bog‘lanish uchun (71) 203-01-01 (2001) raqamiga qo‘g‘iroq qilish mumkin.

Ushbu e’lon Tartibga asosan 7 kalendar kun mobaynida amal qiladi.