Farmakologiya qo‘mitasi 1 ta shtat bosh mutaxassisi va 2 ta shtat yetakchi mutaxassisi lavozimlari bo‘yicha ishga qabul qilish tanlovi e’lon qilinadi:

20.03.2024 1797

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasida mavjud vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida Tartib”ga asosan Farmakologiya qo‘mitasi
1 ta shtat bosh mutaxassisi va 2 ta shtat yetakchi mutaxassisi
lavozimlari bo‘yicha ishga qabul qilish tanlovi e’lon qilinadi:

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak.

Farmakologiya qo‘mitasi bosh mutaxassisi lavozimiga talablar:

Mazkur lavozim tavsifiga ko‘ra oliy ma’lumotga (tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishida) ega bo‘lgan (fan nomzodi ilmiy darajaga ega bo‘lgan yoki magistratura yoki klinik ordinanturani o‘tgan shaxs), tibbiyot sohasida kamida
5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxs Farmakologiya qo‘mitasi bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlanadi.

2 ta shtat birlikdagi yetakchi mutaxassis lavozimlariga talablar:

Mazkur lavozimga oliy ma’lumotga (tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishida) ega bo‘lgan (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega yoki magistratura yoki klinik ordinanturani o‘tgan shaxslarga afzallik beriladi), tibbiyot va farmatsevtika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxs Farmakologiya qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi lavozimiga tayinlanadi.

Ushbu lavozim bo‘yicha nomzodlar ariza va unga ilova qilingan ma’lumotnomani web sayt yoki farmkomitet@ssv.uz pochtasiga yuborishlari mumkin. Bog‘lanish uchun (71) 203-01-01 (2001) raqamiga qo‘g‘iroq qilish mumkin.

Ushbu e’lon Tartibga asosan 7 kalendar kun mobaynida amal qiladi.