“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasida mavjud vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida Tartib”ga asosan Referent narxlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimi bo‘yicha ishga qabul qilish tanlovi e’lon qilinadi:
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Referent narxlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga talablar:
Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga oliy ma’lumotli (farmatsevtika, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya, yurisprudensiya, va boshqalar) yuqori malakali, 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassis shaxslar tayinlanadi.
Bo‘lim boshlig‘i o‘z faoliyatida quyidagilarni bilishi zarur:
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash va ularni amaliyotga tatbiq etish.
Markaz rahbariyat tomonidan belgilangan vazifalarni ish vaqtida samarali rejalashtirgan holda bajara olish. Xodimlar zahirasini shakllantirish va tayyorlash usullarini bilishi. Kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalaridan erkin foydalana olish. Ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchanlik ko‘nikmalariga ega bo‘lishi hamda o‘zbek va chet tillarini mukammal bilishi lozim.
Ushbu lavozim bo‘yicha nomzodlar ariza va unga ilova qilingan ma’lumotnomani web sayt yoki farmkomitet@ssv.uz pochtasiga yuborishlari mumkin. Bog‘lanish uchun (71) 203-01-01 (2001) raqamiga qo‘g‘iroq qilish mumkin.
Ushbu e’lon Nizomga asosan 7 kalendar kun mobaynida amal qiladi.