“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasida mavjud vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida

16.02.2024 1111

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasida mavjud vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida Tartib”ga asosan Postmarketing nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 1 shtat birlikda bosh va yetakchi mutaxassis lavozimlari bo‘yicha ishga qabul qilish tanlovi e’lon qilinadi. Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak.

Postmarketing nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va bosh mutaxassis lavozimlariga talablar:

Oliy farmatsevtik yoki tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi, sohada kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Postmarketing nazorati boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimlariga talablar:

Farmatsevtik, tibbiy va texnik oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Ushbu lavozim bo‘yicha nomzodlar ariza va unga ilova qilingan ma’lumotnomani web sayt yoki farmkomitet@ssv.uz pochtasiga yuborishlari mumkin. Bog‘lanish uchun (71) 203-01-01 (2001) raqamiga qo‘g‘iroq qilish mumkin.

Ushbu e’lon Tartibga asosan 7 kalendar kun mobaynida amal qiladi.