“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasida mavjud vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida Tartib”ga asosan

08.02.2024 1116

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasida mavjud vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida Tartib”ga asosan Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i va Direktor maslahatchisi  lavozimi bo‘yicha ishga qabul qilish tanlovi e’lon qilinadi. Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak.

Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga talablar:

Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga nomzod, oliy tibbiy yoki farmatsevtik ma’lumotga vа ushbu soha bo‘yicha kamida besh yil ish tajribasiga hamda ijobiy shaxsiy va ishchanlik  xususiyatlarga  ega bo‘lgan  shaxs tayinlanadi.

Direktor maslahatchisi lavozimiga talablar:

Yuridik yoki farmatsevtika sohasida oliy ma’lumotga hamda mutaxassisligi bo‘yicha kamida 10 yil va rahbarlik lavozimida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.

Ushbu lavozim bo‘yicha nomzodlar o‘z ma’lumotlarini web sayt yoki farmkomitet@ssv.uz pochtasiga yuborishlari mumkin.

Ushbu e’lon Tartibga asosan 7 kalendar kun mobaynida amal qiladi.