Mahalliy ishlab chiqaruvchi bilan navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Dori vositalarining mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish va aholini sifatli, samarali hamda xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar izchil davom etmoqda.
Bu jarayonda mahalliy farmatsevtika kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini bozorga chiqarish va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamkorligida ayni shu maqsadda tashkil etilgan navbatdagi onlayn uchrashuvda “VIDA VERDE PHARM” MCHJ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan 4 nomdagi mahalliy dori vositalariga ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasini berish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda korxona vakilining savollariga ma’sullar tomonidan atroflicha javob berilib, mahalliy ishlab chiqarilgan dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.