Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlar diqqatiga!

14.01.2025 179

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga majburiy rioya etish litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi.

Shuningdek, Soliq kodeksining 227¹-moddasiga muvofiq, identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish — realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning ikki foizi, takroran sodir etilsa realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Asl belgisi” milliy axborot tizimiga darhol ulanishingizni, mahsulotlar aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi”  milliy axborot tizimiga muntazam ravishda kiritib borishingizni hamda faoliyatingizni majburiy raqamli markirovkalash qoidalari talablariga qatiy rioya etgan holda tashkil etishingizni soʻraymiz.