“SAMARKAND PHARM SERVICE” MCHJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

13.12.2024 1020

“SAMARKAND PHARM SERVICE” MCHJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan yurtimizda sifatsiz va qalbakilashtirilgan dori vositalari muomalasiga chek qoʻyish maqsadida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand shahrida joylashgan “SAMARKAND PHARM SERVICE” MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan “SAMARKAND PHARM SERVICE” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2022-yil 30-dekabrda berilgan 056457-sonli litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning Samarqand shahar iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda “SAMARKAND PHARM SERVICE” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik xujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestriga kiritilganligini maʼlum qilamiz.