Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

26.11.2024 687

“Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (PF-184-son, 14.11.2024) Prezident Farmoni bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida vakolatli organni tekshiruv boshlangandan soʻng xabardor etish tartibida oʻtkazilishi mumkin boʻlgan tekshiruvlar roʻyxati tasdiqlandi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

qalbakilashtirilgan, sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va realizatsiya qilish boʻyicha ishonchli axborot mavjud boʻlganda, shuningdek, retsept bilan beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar retseptsiz sotilishining oldini olish maqsadida:

faqatgina shunday mahsulotlarni chakana realizatsiya qilish boʻyicha ishonchli axborot mavjud boʻlganda, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji va chakana realizatsiya qilishni nazorat qilish Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida Biznes-ombudsmanni xabardor etgan holda amalga oshiriladi.