20.11.2024
648
Markazda Ekspertlar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida 27-sonli Ekspertlar kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy va xorijiy davlatlar ishlab chiqaruvchilari taqdim etgan:
- 12 nomdagi dori vositalari, 43 nomdagi tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Hamda 20 nomdagi dori vositalari va 1 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish rad etildi.
- 38 nomdagi dori vositalari va 9 nomdagi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini amal qilish muddati uzaytirildi.
- Davlat roʻyxatidan oʻtgan 22 nomdagi dori vositalari va 3 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomalari hamda roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat etildi.
- 6 nomdagi dori vositalari klinik tadqiqotlar oʻtkazishga tavsiya etildi.