Markaz mutaxassislari Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytdi

19.11.2024 74

Markaz mutaxassislari Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytdi

Xabar berganimizdek, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining ikki nafar mutaxassisi – Kamola Hakimova va Dilafroʻz Muydinova – Janubiy Koreyaning GTH-B (Global Training Hub for Biomanufacturing) markazida tashkil etilgan oʻquv dasturida ishtirok etib, malaka oshirib qaytdi.

Mazkur dastur — biofarmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha zamonaviy texnologiyalar hamda xalqaro standartlardan foydalanishni oʻrganishga qaratilgan. Vakillarimiz treninglar davomida biotexnologiya sohasidagi ilgʻor tajribalar bilan yaqindan tanishdi va ularni Oʻzbekiston sharoitiga joriy etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi.

Maʼlumot uchun: GTH-B (Global Training Hub for Biomanufacturing) – biofarmatsevtika ishlab chiqarish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan Janubiy Koreyaning nufuzli oʻquv markazlaridan biri boʻlib, zamonaviy laboratoriya jihozlari va yuqori darajadagi oʻquv dasturlari bilan jihozlangan.

Taʼkidlash joiz, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi mutaxassislarining bunday oʻquv dasturlarida ishtirok etishi milliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, ilgʻor xalqaro tajribalarni tatbiq etish va sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.