Surxondaryo viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomilasini tartibga solishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

31.10.2024 1141

Surxondaryo viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomilasini tartibga solishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

Surxondaryo viloyatida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 632-sonli qarori mazmun mohiyatiga bagʻishlangan seminar-uchrashuv tashkil qilindi.

Unda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari, xususiy klinika masʼullari hamda dorixona mudirlari va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirda qoʻmita mutaxassislari yuqoridagi qarorning mazmun mohiyati haqida toʻxtalib, alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni tibbiyot amaliyotida qoʻllash, saqlash, ularning noqonuniy muomalasini cheklash, jismoniy shaxslar tomonidan ulardan foydalanish hamda ularni yoʻq qilish tartiblari hamda qonunchilikdagi oʻzgarishlar haqida batafsil tushuntirish berdi.

Shuningdek, tashrif doirasida viloyatdagi tibbiyot muassasalarining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan yillik ehtiyojlari, ularning miqdoriy hisobini olib borish hamda ushbu moddalarning saqlash sharoitlarini nazorat qilish boʻyicha oʻrganish ishlari amalga oshirildi. Tekshiruv davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.