2 nomdagi 140 oʻram dori vositasi qalbakilashtirilganligi aniqlandi

24.10.2024 909

2 nomdagi 140 oʻram dori vositasi qalbakilashtirilganligi aniqlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtgan haftada poytaxtimiz hamda Toshkent va Namangan, Andijon, Xorazm hamda Samarqand viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbilarda olingan farmatsevtika mahsulotlari Markaz laboratoriyalarida oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazildi.

Tahlil natijalariga koʻra, 288 nomdagi 4510 oʻram jumladan:

↗️ 113 nomdagi 1850 oʻram — davlat roʻyxatidan oʻtgan va muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan;

↗️ 150 nomdagi 2040 oʻram — davlat roʻyxatidan oʻtmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan;

↗️ 23 nomdagi 480 oʻram — yaroqlilik muddati tugagan, sifatsiz;

↗️ 2 nomdagi 140 oʻram (Neufol-S 100 mg/5 ml ampula, Zardeks 300 mg kapsula) qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlarini tibbiyot amaliyotida qoʻllash mumkinmasligi boʻyicha xulosa berildi.

Hamda sifati kafolatlanmagan mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Postmarketing nazorati boshqarmasi