Yangi tibbiy texnika qoʻmitasi Ilmiy va ekspert kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

30.09.2024 789

Yangi tibbiy texnika qoʻmitasi Ilmiy va ekspert kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

 

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Yangi tibbiy texnika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari boshchiligida qoʻmita Ilmiy va ekspert kengashining 18-sonli majlisi boʻlib oʻtdi.

 

Unda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning umumiy 107 ta tibbiy buyum va tibbiy texnikalarini qonunda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishga, qayta roʻyxatdan oʻtkazishga, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomalariga oʻzgartirish kiritishga tavsiya etish boʻyicha tegishli masalalar koʻrib chiqildi.

 

Ish jarayonida 10 ta tibbiy buyum, tibbiy texnika va tashxis vositasini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish boʻyicha Ekspertlar kengashiga tavsiya berildi.