27.05.2024
1387
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.X. “Sh.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona mudiri vazifasida ishlab kelib, o‘zining moddiy javobgarligidagi dori vositalarini sotuvidan tushgan 608,6 mln so‘mni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborib, tadbirkorning mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.