8 turdagi 1498 oʻram qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari aniqlandi

12.03.2024 939

Yurtimizda muntazam ravishda, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida har oyda bir qator tezkor tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning fevral oyida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tezkor tadbirlarda olingan farmatsevtika mahsulotlarini ekpertizadan oʻtkazish boʻyicha 206 ta murojaat kelib tushdi.

Taqdim qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar oʻrnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazillganda tahlillar natijalariga koʻra, noqonuniy muomalada boʻlgan:

➖ 5958 oʻram - davlat roʻyxatidan oʻtgan va muvofiqlik sertifikati mavjud;
➖ 4505 oʻram - davlat roʻyxatidan oʻtmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan;
➖ 300 oʻram - yorliqlash koʻrsatkichi boʻyicha nomuvofiq (kontrafakt);
➖ 726 oʻram - yaroqlilik muddati tugagan (sifatsiz);
➖ 1498 oʻram – qalbakilashtirilgan, umumiy 12987 oʻram
farmatsevtika mahsulotlarining tibbiyot amaliyotida qoʻllash mumkin emasligi yuzasidan xulosa berildi. Hamda ushbu sifatsiz, qalbakilashtirilgan va O’zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olindi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Postmarketing nazorat boshqarmasi