08.02.2024
1169
Farg‘ona viloyati IIB hamda Qo‘qon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 1978 yilda tug‘ilgan, Artizanbo‘yi MFYda yashovchi M.Sh. yashash xonadonida 100 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dori vositasini 9 million 500 ming so‘m evaziga sotgan vaqtda ushlandi.
Shuningdek, yashash xonadonida 10 dona “Tropikamid” va 61 dona “Lirika” nomli kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dori vositasini saqlab yurganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.