Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari hamkorligida Qashqadaryo viloyatida psixotrop dori vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi oʻtkazilib kelinayotgan navbatdagi tezkor tadbirda sohaga doir yana bir qonunbuzarlik holati aniqlandi.
Xususan, Qarshi shahrida joylashgan “777 Dorixona” xodimi 60 dona “Tebantin” va 8 dona “Gabanerv” nomli kuchli tasir etuvchi dori vositalarini shartli xaridorga 250.000 soʻm evaziga sotgan vaqtida ushlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirildi.
Shuningdek, dorixona koʻzdan kechirilganda, tegishli hujjatlari mavjud boʻlmagan 13 dona “Lizin Essinat”, 70 dona “Fezam”, 20 dona “Magne V-20”, 1 dona “Serukal-1”, 18 dona “Zodak”, 1 dona “Zodak serop”, 7 dona “Tavegil”, 30 dona “Gyno Tardyferon”, 26 dona “Ambrobene”, 18 dona “Atarax”, 30 dona “Karbaleks”, 39 dona “Nukleo SMF forte” va 6 dona “Nukleo SMF forte” dori vositalarini sotish maqsadida noqonuniy saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati