Rasmiy munosabat

09.01.2024 429

Ijtimoiy tarmoqlarda, fuqaro Toshkent shahar, Parkent bozori ro’parasidagi “City Pharm” dorixonasidan xarid qilingan shprits ignasi uchida noma’lum suyuqlik borligi haqida ma’lum qilgan.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ushbu holat yuzasidan o’rganish ishlarini olib borish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida mazkur video muallifidan quyidagi (91) 542-37-17 raqam orqali bog’lanishini so’raydi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Agarda siz farmatsevtika mahsulotlarining sifatsiz, belgilangan talablarga nomuvofiq ishlab chiqarilgan, nuqsonli holatlariga duch kelsangiz yoki uning sifatidan shubhalansangiz Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga murojaat  qiling. Bunda o‘ram yoki qadoqdagi dori vositasi bilan birga uning xarid (tovar va kassa) chekini taqdim etishingiz kerak bo’ladi.

Manzil: Toshkent sh., Ozod ko‘chasi, K. Umarov tor ko‘chasi, 16-uy, telefon (71) 203-01-01 ichki raqam 23-40)