Respublikamiz dori vositalari muomalasini tartibga solish tizimi takomillashtiriladi

05.01.2024 1078

“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, 2030-yilga qadar  Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining dori vositalarini davlat tomonidan tartibga solish reytingida respublikamiz 1- darajadan 3-darajaga ko‘tarilishga erishish mo‘ljallangan. Unga ko'ra, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan:

➖ Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Global Benchmarking Tool (GBT)ning 9 ta normativ funksiyalari bo‘yicha “yetuklik” darajasini aniqlash bo‘yicha elektron bazaga kirish imkoniyatini yaratish;

➖ Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Global Benchmarking Tool (GBT)ning 9 ta normativ funksiyalari bo‘yicha “yetuklik” darajasini aniqlash tizimi bilan ishlash hamda o‘z-o‘zini baholash (Self-benchmarking) bo‘yicha seminar-trening tashkil etish;

➖ Farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtirishga taaluqli amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va tartibga solish tizimining Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maxsus GBT maʼlumotlar bazasiga yuklash yo‘li bilan o‘zini-o‘zi baholashni (Self-benchmarking) amalga oshirish.

➖ Baholash yakunlari bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga asosan GBT maʼlumotlar bazasiga yuklangan maʼlumotlar kamchiliklarini bartaraf etish va o‘zini-o‘zi baholash (Self-benchmarking) .

➖ Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mutaxassislari tomonidan GBT maʼlumotlar bazasidagi o‘zini-o‘zi baholashni (Self-benchmarking) joyiga chiqqan holda tekshirishni tashkil qilish;

➖ Amaldagi yetuklik darajasidan kelib chiqib xorijiy ekspertlar hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarini jalb qilgan xolda uchinchi yetuklik darajasiga erishish maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

➖ Chora-tadbirlar rejasidan kelib chiqib amaldagi qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;

➖ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan taklif asosida tegishli qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;

➖ Chora-tadbirlar rejasidan kelib chiqib dori vositalari muomalasini muvofiqlashtiruvchi organlarning ichki xujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, moddiy texnika bazasini yangilash bo‘yicha tegishli choralarni amalga oshirish.

➖ Baholash yakunlari bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga asosan GBT maʼlumotlar bazasiga yuklangan maʼlumotlar kamchiliklarini bartaraf etish va o‘zini-o‘zi baholashni (Self-benchmarking) yakuniga yetkazish.

➖ Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mutaxassislari tomonidan GBT maʼlumotlar bazasidagi o‘zini-o‘zi baholashni (Self-benchmarking) joyiga chiqqan holda tekshirishni tashkil qilish;

➖ Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan respublikamiz dori vositalari muomalasini tartibga solish tizimini JSST talablari asosida yetuklik darajasini belgilanishiga erishish rejalashitirlmoqda.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati