Taziya

25.12.2023 1123

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi bosh mutaxassisi Saydaxmedov Saydaziz Toshpulatovich 71 yoshida vafot etdi

S.Saydaxmedov 1952-yil 25-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1978-yil Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Toshkent shahridagi Ximiko - farmatsevtika zavodi sex boshligʻi sifatida boshlab, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida bir qator mas'uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan. Soha rivojidagi fidokorona xizmatlari uchun “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi jamoasi Saydaziz Saydaxmedovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.