Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari attestatsiyadan oʻtkaziladi

20.12.2023 1103

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktyabrdagi tegishli qarori asosida, joriy yilning 21-dekabr sanasida “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Attestatsiya yakuni boʻyicha attestatsiyadan oʻtgan mutaxassislarga tadbirkorlik subyektlarida tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvoxnoma beriladi.

Attestatsiya komissiyasi tarkibi bilan bu manzilda tanishishingiz mumkin.