Turkiyaning SEIS uyushmasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

09.12.2023 1090

Maʻlumot uchun, Turkiya sogʻliqni saqlash sanoati ish beruvchilar uyushmasi tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi kompaniyalarnning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2003-yil 1-mayda Anqara shahrida tashkil etilgan.

 

Uchrashuv avvalida Markaz direktori Agzam Nartaev, mamlakatlarimiz oʻrtasida tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi hamkorlik kengayib borayotganligini eʻtirof etib, mehmonlarni, yurtimizda farmatsevtika sohasini nazorat qilishda muassasaning oʻrni va uning asosiy vazifalari bilan tanishtirdi.

Shundan soʻng Turkiya delegatsiyasi rahbari llke Eren Karaca, tibbiy buyum va tibbiy texnikani Oʻzbekistonga olib kirish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi haqida soʻradi. 

 

Mutaxassislarimiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi tegishli farmoniga muvofiq, tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlarini roʻyxatdan oʻtkazish natijalari Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan xorijiy tashkilotlar roʻyxati, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentyabrdagi tegishli qaroriga asosan dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish natijalari Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar haqida maʻlumot berdi.

 

Turk tomoni batafsil axborot uchun oʻz minnatdorligini bildirib, ikki tashkilot oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda sohada oʻzaro tajriba almashish imkoniyatlarini koʻrib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati