Markaz mutaxassislari "REGLEK-2023” ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishmoqda

13.11.2023 732

SSV “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” mutaxassislaridan iborat delegatsiya vakillari ayni kunlarda Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Dori vositalarini tartibga solish amaliyoti va ro‘yxatga olish – REGLEK-2023” ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, har yili o’tkazib kelinadigan “REGLEK” konferensiyasi – yetakchi ekspertlarni, Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo davlatlarning soha tashkilotlari rahbarlari va farmatsevtika sanoati vakillarini dori vositalarini ekspertiza qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazishning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashish va konstruktiv muloqot uchun birlashtirgan ilmiy-amaliy platforma hisoblanadi.