Qaysi mamlakatlarning ro’yxatdan o’tkazish natijalari yurtimizda tan olinadi?

19.10.2023 2138

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi tegishli qaroriga muvofiq dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlangan.

Unga muvofiq, 21 mamlakat va 5 ta xalqaro xorijiy tashkilotning ro’yxatdan o’tkazish natijalari yurtimizda tan olinadi. Ular quyidagilar: 

1. Avstraliya Ittifoqi
2. Belgiya Qirolligi
3. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
4. Germaniya
5. Daniya Qirolligi
6. Isroil
7. Irlandiya
8. Ispaniya Qirolligi
9. Italiya
10. Kanada
11. Janubiy Koreya
12. Niderlandlar Qirolligi
13. Norvegiya Qirolligi
14. Sloveniya
15. Amerika Qo‘shma Shtatlari
16. Finlyandiya
17. Fransiya
18. Shveysariya Konfederatsiyasi
19. Shvetsiya Qirolligi
20. Yaponiya
21. Vengriya

II. Xalqaro va xorijiy tashkilotlar

1. Yevropa dori vositalari agentligi (EMA), Yevropa Ittifoqi.
2. Oziq-ovqat va dori vositalari sifati nazorati boshqarmasi (FDA), AQSh.
3. Farmatsevtika va tibbiy buyumlar agentligi (PMDA), Yaponiya.
4. Oziq-ovqat va dori vositalari xavfsizligi vazirligi (MFDS), Koreya Respublikasi.
5. Dori vositalari va tibbiy buyumlar nazorati agentligi (MNRA), Buyuk Britaniya.

Ma'lumot uchun, "O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizom"ga muvofiq, dori vositasi taqdim etiladigan hujjatlarni o‘rganish va tan olish haqidagi yozuvni Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritish orqali O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan tan olinadi.

Tan olish davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalarini va tan olish to‘g‘risidagi yozuvni Davlat reyestriga kiritishni va ariza beruvchilarga ularning xohishiga ko‘ra ushbu reyestrdan ko‘chirma berishni nazarda tutadi.

Tan olish natijalari Davlat reyestriga yozuv shaklida besh yil muddatga kiritiladi.

Dastlabki tan olish muddati tugagandan so‘ng ariza beruvchining arizasiga ko‘ra, tan olish natijalari Davlat reyestriga ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda kiritilishi mumkin.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati