Bemorga beriladigan retseptda qanday maʼlumotlar aks etishi kerak?

15.08.2023 1852

Bemorga beriladigan retseptda qanday maʼlumotlar aks etishi kerak?

Retsept ― shifokorning farmatsevtik maʼlumotga ega boʼlgan mutaxassisga dori preparatlarini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qoʼllanilish usuli toʼgʼrisidagi elektron yoki yozma shakldagi koʼrsatmasi hisoblanadi.

Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʼi bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq: 

 Retsept bemorga uning yoshi, dori vositasini xalqaro patentlanmagan nomi, ekstemporal usulda tayyorlanadigan dori vositalari tarkibidagi dori moddalarining nomlari, shuningdek ularning dozasi, davriyligi, qabul qilish vaqti va davomiyligi, dori vositalarining oziq-ovqat isteʼmoliga qarab oqilona qoʼllanishi (ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida, ovqatdan keyin) koʼrsatilgan holda ilovadagi retsept blankasi shaklida beriladi.


❗️Bunda, retseptda tayinlangan dori vositalari (dori vositalarining halqaro patentlanmagan nomi, bir kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi va boshqalar) retseptning yirtma koreshogida ham bir-biridan farqlanmaydigan holatda koʼrsatilishi shart.

Davolanayotgan bemorga (bemorning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxslarga) dori vositalariga retsept berilganligi haqidagi maʼlumotlar uning tibbiy hisob hujjatlarida (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi) qayd etiladi.

Eslatib oʼtamiz, dori vositalarini retsept boʼyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun qonunchilikda tegishli javobgarlik belgilangan.