Yevroosiyo zarur amaliyotlar akademiyasi, SSV huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi direktori hamda “Rusatom Xelskea” kompaniyasining o‘rtasida imzolangan mazkur hujjat farmatsevtika sohasida yaqin hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Kelishuvga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi maydonida dori vositalari va farmatsevtika substansiyalarining xavfsizligi, samaradorligi va sifatini taʼminlash bo‘yicha uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish shuningdek, ilmiy-amaliy va taʼlim loyihalarida birgalikda ishtirok etish ko‘zda tutilmoqda.
Forum doirasidagi uchrashuvlar davomida Yevroosiyo zarur amaliyotlar akademiyasi boshqaruvi prezidenti Vladislav Shestakov YEOII doirasida ilg‘or tajriba bilan almashish muhimligini qayd etib, hamkorlarning buyurtmasiga ko‘ra eksklyuziv malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish imkoniyati mavjudligi, qolaversa, Akademiya ekspertlari farminjiniring va zarur ishlab chiqarish amaliyotlari yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalarda ishtirok etishga ham tayyorligini bildirdi.
O‘z navbatida, Davlat markazi rahbari Mirzohidjon Qodirov nufuzli ekspertlar bilan hamkorlik qilish orqali yagona farmatsevtika bozorini rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratdi.
“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifati, xavfsizligi va samaradorligi biz uchun ustuvor masala hisoblanadi. Biz rossiyalik hamkorlarimiz bilan sheriklik aloqalarimizning mustahkamlash, dori vositalarining xavfsizligini taʼminlash va xalqimizning turmush darajasini yuksaltirishdan manfaatdormiz”, - dedi M.Qodirov.
Memorandum imzolagan yana bir hamkor “Rosatom Xelskea” bosh direktori Igor Obrubov davlat korporatsiyasi haqida so‘z yuritar ekan Rosatom sog‘liqni saqlash sohasidagi vazifalarini amalga oshirishga kompleks ravishda yondashishi, ushbu sohadagi faoliyat izotop kompleks, radiofarmatsevtika mahsulotlari, yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish, tibbiy buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlarini ionlashtiruvchi nur bilan qayta ishlash kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishini taʼkidlab, O‘zbekiston tomoni bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilishga umid bildirdilar.
Davlat markazi Axborot xizmati