Farmatsevtik faoliyat nima va u qanday yo‘nalishlardan iborat?

16.02.2023 5394

Farmatsevtika faoliyati deganda — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat tushuniladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 4 yanvardagi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi qonunining 15-moddasiga muvofiq, farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

— dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
— dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish;
— dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish;
— dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish;
— dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish;
— dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash;
— dorivor o‘simlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish.

Eslatib o‘tamiz, farmatsevtika faoliyati — amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turi hisoblanib, bunda faoliyatining quyidagi yo‘nalishlariga litsenziya olish talab qilinmaydi:

— tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish;
— dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
— dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish;
— dorivor o‘simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.
— Oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor etgan holda amalga oshiriladi.


Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika
kspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi
xborot xizmati