Avtotransport vositasining tibbiyot qutichasida nimalar bo‘lishi kerak?

12.02.2023 6074

"Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun transport vositasining salonida bo‘lishi shart bo‘lgan zarur tibbiy ashyolar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2241-son, 05.07. 2011) bilan tasdiqlangan.

Ushbu ro‘yxatda miqdori, avtotransport kategoriyasiga ko‘ra belgilangan, tashqi qon ketishni vaqtinchalik to‘xtatish va jarohatlarga bog‘lam qo‘yish uchun tibbiy buyumlar, yurak o‘pka reanimatsiyasi vositalari va boshqa vositalar o‘rin egallagan. (To‘liq ro‘yxat ilovada.)

 Maʼlumot uchun, "Yo‘l harakati qoidalari" talablariga muvofiq tibbiyot qutichasi transport vositalarini ishlab chiqargan tashkilot tomonidan belgilangan joyga mustahkam o‘rnatiladi. Agar transport vositasini konstruksiyasida bunday joy ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, tibbiyot qutichasi oson olinadigan joyda bo‘lishi lozim.

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika
ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi
axborot xizmati