Dorixonalarda qaysi turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bo‘lishi majburiy hisoblanadi?

09.02.2023 2091

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan, yurtdoshlarimizning dori vositalariga bo‘lgan talabini hamda keng tarqalgan kasalliklarni davolashga mo‘ljallangan mahalliy arzon va sifatli dori vositlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish shuningdek, muhimligi jihatdan dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati tasdiqlangan.

Mazkur ro‘yxatda 26 nomdagi (xalqaro patentlanmagan va savdo nomidagi) dori vositalari hamda 6 xil tibbiy buyumlar, jumladan:

▪️Shprislar
▪️Infuzion sistemalar
▪️Tibbiy paxta
▪️Bint
▪️Tibbiyot dokasi
▪️Tibbiy qo‘lqop o‘rin egallagan.

(To‘liq ro‘yxat bilan quyidagi manzilda batafsil tanishasiz.)

Shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash talabiga ko‘ra, dorixona sotuv zali peshtaxtalarining kamida 10 foizi dorivor o‘simliklar xom ashyosidan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalari uchun ajratilgan bo‘lishi kerak.

Muhabbat Ibragimova,
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori maslahatchisi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi
a standartlashtirish Davlat markazi axborot xizmati